Sayyid Yahyo Murtuza masjidi
Sayyid Yahyo Murtuza masjidi (ozarbayjoncha: Seyid Yahya Murtuza məscidi; forscha: مسجد سید یحیی مرتضی) yoki
Hazrat Ali masjidi (ozarbayjoncha: Həzrət Əli məscidi; forscha: مسجد حضرت علی) – XVII asrga oid tarixiy masjid. Bino Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Asaf Zeynalli koʻchasida joylashgan. Masjid Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.
Tarixi
Oʻrta asr karvon savdo yoʻlida joylashgan Sayyid Yahyo Murtuza masjidi XVII asr boshlarida qurilgan. Ushbu yodgorlik oʻz davrining eng nufuzli shaxslaridan biri boʻlgan Sayyid Yahyo Murtuzaning mablagʻi evaziga bunyod etilgan. Murtuza ushbu masjidda diniy shaxs sifatida faoliyat yuritgan boʻlib, oʻlimidan keyin aynan shu masjid hovlisiga dafn etilgan. Hozirda uning qabri masjidning kirish eshigi yonida joylashgan.
Sayyid Yahyo Murtuza masjididan Ozarbayjon SSR davrida duradgorlik ustaxonasi sifatida foydalanilgan.
1990-yillardan keyin masjid Icheri-sheher Juma masjidi tarkibiga kiritilgan. Hozirgi kunda masjidda „Hazrati Muhammad“ jome masjidi diniy jamiyati faoliyat yuritib kelmoqda.
Arxitekturasi
Qurilish rejasiga koʻra masjid kvadrat shaklda, markaziy qismi gumbazli, minorasi yoʻq. Mehrobning janubiy devorlariga stalaktiklar bilan ishlov berilgan.
Galereya
Masjidning turli tomondan koʻrinishi
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org