Sayyid Rahmatulloh Termiziy




Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy

Rahmatulloh Sayfuddinov — (Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy) 1975 — yil 18 — may kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida ziyoli oilada tavallud topgan. Ilk diniy saboqni otasi eshoni Habibulloxondan oʻrgangan. Oʻrta maktabni bitirgach, 1992 — yildan 1995-yilgacha Buxorodagi Mir Arab madrasasi da tahsil olgan. Ushbu madrasani qizil diplom bilan tamomlagan. 1995 — yildan — 1999-yilgacha Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Instituti da tahsil oldi. Oliy mahaddagi tahsilini ham qizil diplom bilan tamomladi. 2003- yil Eron Islom Respublikasida oʻtkazilgan „XIX Xalqaro Qurʼoni Karim musobaqasi“da ishtirok etdi.

Faoliyati



1995-1997-yillar Toshkent shahar Shayxontohur tumani „Oq tunikali“ jome' masjidi imom-xatibi,
1997-1999-yillar Toshkent shahar Yunusobod tumani „Mirza Yusuf“ jome' masjidi imom noibi,
1999-2003-yillar Toshkent shahar Yunusobod tumani Yunusobod Oq-tepa jome' masjidi imom-xatibi,
2000-2003-yillar Toshkent Islom instituti oʻqituvchisi, 2003-2014-yillar Toshkent shahar Shayxontohur tumani „Xoʻja Alambardor“ jome' masjidi imom-xatibi,
2012- yil 24- fevral kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi „Xoʻja Alambardor“ jome' masjidida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjidlar orasida birinchilardan boʻlib oʻz www.kamolon.uz internet sahifasiga ega boʻldi.
2012- yil 31- iyul kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi imom xatiblar orasida birinchilardan boʻlib oʻz shaxsiy www.mehrob.uz internet sahifasiga ega boʻldi.
2014-2015-yillar Minor jome' masjidi imom-xatibi,
2016 -yildan 2021-yil 21-oktabrgacha — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, „Mirza Yusuf“ jome' masjidi imom-xatibi va mazkur tuman bosh imom-xatib,
2021-yil 21-oktabrdan hozirgi vaqtgacha „Minor“ jome' masjidi imom-xatibi. va Toshkent shahar bosh imom xatibi . vazifasida ish olib bormoqda.
2013- yildan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Institutida talabalarga „Tafsir“ fanidan dars berib kelmoqda.
Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy mehnat faoliyati davomida fuqarolarga maʼrifiy islom gʻoyalarini targʻib etish, yoshlarni ilmga targʻib etish, millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda diniy mutaassib va ekstremistik gʻoyalarning tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan.
Faoliyati davomida Oʻzbekiston, Madaniyat va maʼrifat, Oilaviy, Mahalla, Sevimli, Yoshlar, Milliy telekanallarida oila, odob axloq, diniy ekstremizm gʻoyalari va ijtimoiy illatlarga qarshi kurash, jamiyatdagi faol siyosiy oʻzgarishlar, beshta tashabbus va iqtisodiy strategiya, kun va zamonning dolzarb mavzulariga bagʻishlangan koʻrsatuvlarda doimiy asosda faol ishtirok etib kelmoqda.
Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy Internet tarmogʻida yoshlarning ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish, xalqimiz musulmonlari uchun anʼanaviy boʻlgan hanafiylik mazhabi ahkomlarini, buyuk ajdodlarimizning ulkan maʼrifiy merosini yetkazish yoʻlida tizimli faoliyat olib bormoqda. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va OʻMI Toshkent shahar vakilligi saytlarida, oʻzining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida muntazam diniy-maʼrifiy mazmundagi chiqishlar qilib kelmoqda.

Kitoblari




Yutuqlar




Mukofotlar va unvonlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz