Sayyid Ali Akbar
Abu Muhammad Ali Akbar ibn Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Hodiy (1-iyun 865-yil, Samarra — 14-iyul 950-yil, Termiz) — sayyidlar sardori, imom.
Sayyid Ali Akbar sunniy va shia musulmonlari avliyosi boʻlgan, Ahl ul-Bayt nasabi boʻyicha tarixchi nasabshunos olimlarning fikriga koʻra, Imom Hasan Askariyning akasi sanalgan Sayyid Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Naqiy (Hodiy)ning ikkinchi oʻgʻli boʻlib, uning avlodlari Sadat al-Buxoriy, Sadat al-Baaj deb atab kelinadi va buni koʻplab tarixchilar va nasabshunos olimlar tasdiqlaydi.
Boshqa tarixchilarning manbalarga tayangan holdagi fikrlariga ko‘ra, Sayyid Ali Akbar o‘n birinchi shia imomlaridan biri sanalgan Imom Hasan al-Askariyning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan. Islomshunos olimlar va tarixchilar ta'kidlashlaricha u, shuningdek, oʻn ikkinchi imom Muhammad al-Mahdiyning ukasi bo‘lib, uning borligi o‘sha davrda hukmronligi yuqoriga chiqqan Abbosiylar xalifaligi siyosiy rahbariyati bilan zamonaviy siyosiy to‘qnashuvlar tufayli yashiringan edi.
Ajdodi avlodlari
Sayyid Abu Muhammad Ali ibn Sayyid al-Askariy Sayyid Ali Akbar nomi bilan tanilgan, u al-Akbar (al-Asg‘ar, al-Muttaqi, al-Amir, Sulton Sodot (Saodat)) laqablari bilan ham mashhur bo‘lgan. Manbalar va tarixchilarning fikriga ko‘ra, u shialarning o'n birinchi imomi Imom Hasan al-Askariyning akasi Sayyid Muhammad al-Askariyning o‘g‘li bo‘lgan. Qoʻlyozma manbalarga koʻra, uning naslidan Sayyid Naqib Muhammad al-Husayn ibn Sayyid Muhammad ibn Sayyid Ali Akbar ibn Sayyid imom Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Hodiy bo'lib, uning nasl-nasabi sulolasi ikki shohga ajralgan, ya'ni uning ikki oʻgʻli — Sayyid Muhammadning avlodi Sayyid Shamsiddin Muhammad al-Buxoriy (Amir Sulton) Yaqin Sharqdagi koʻplab sayyid oilalarining bobokalonidir, ikkinchi shoh avlod vakili esa mashxur avliyo Sayyid Ota (Ato) al-Buloqiy (al-Xilvatiy) laqabli Sayyid Ahmad Buxoro va Samarqand viloyati, Ishtixon, Fargʻona va Termiz, Xorazm hamda Oʻrta Osiyodagi koʻplab sayyidlar oilalarining ajdodi hisoblanadi.
Shajarasi
Farzandlari
Taniqli avlodlari
Dafn etilgan joyi
Tarixchilar Sayyid Ali Akbar dafn etilgan so'nggi makoni Sulton Saodat (Sadat) yodgorlik majmuasining bosh maqbarasida joylashganligini taxmin qilishgan. „Sulton Saodat (Sadat)“ maqbarasi Termiz shahrida joylashgan (miloddan avvalgi IX-XV asrlarda qurilgan). Termiz shahridagi „Sulton Saodat“ yodgorlik majmuasi va uning hududida mingdan ortiq sayyidlarning koʻplab qabrlari va yana nomsiz qabrlar bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org