Sayyid Ahmadxoja




Sayyid Ahmadxoja – Buxorolik biograf, sayyoh. 1795-96 yili tug‘ilgan. Dastlab amir Haydar davrida, keyinchalik, uning o‘g‘li va taxt vorisi Nasrulloxon (1826-1860) xonligida shu naqib lavozimida xizmat qilgan. Bir muddat Nurota tumaniga hokimlik qilgan. 1850 yil Arabistonga haj safariga borgan.
Sayyid Ahmadxoja naqib safari davomida “Sayohatnoma” asarini yozadi. Asar Xiva xonligi, Eron va Turkiya kabi qo‘shni davlatlarning XIX asr o‘rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar bor. “Sayohatnoma”ning qo‘lyozma nusxasi O‘zFA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi.

Adabiyotlar



Axmedov B. “O‘zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari”. – Toshkent. “Cho‘lpon”. – 2003.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz