Sayram tumani






Sayram tumani  — Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi eng katta tumanlarning biri hisoblanadi. Maydoni 1760,4 km² (viloyatning 1,4 %). 56 millatga mansub kishilar istiqomat qiladi. Aholisi 295 843 kishi. Aholi zichligi 1 km²-ga 135 kishidan toʻgʻri keladi (viloyatdagi aholisi eng zich tumanlardan biridir). Katta qishloqlari: Oqsuvkent (34.5), Qorabuloq (42.8), Sayram (41.2), Qorasuv (10.9), Bozorqopqa (6.2), Koʻlkent (12.2), Mankent (29.2), Qoramurt (15). Tuman markazi — Oqsuvkent. Oqsuv daryosining yoqasida joylashgan, yuz yildan ortiq tarixi bor. Barcha avtomabil va temir yoʻllari shu markazda kesishadi.
Tumanning sharqiy tarafida Mashat oʻzani, markazida Oqsuv daryosi, shimol tarafida Oris daryosi oqib oʻtadi.

Ijtimoiy soha



Sayram tumanida 92 ta maktab boʻlib, shulardan 76 tasi davlat maktabi va 16 tasi xususiy maktab hisoblanadi.

Iqtisodi



Tumanda asosan bugʻdoy, oziq ovqatlar, koʻkatlar, uzum, goʻsht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanishadi.
Tuman 1928-yillarda tashkil topgan. Tuman hududida qurilishga kerakli materiallarning kon oʻrinlari ham bor.

Tarixi



Aholisi



Sayram tumanining aholisi 302 700 (2011) kishi. Milliy tarkibi oʻzbeklar — 64,8 %, qozoqlar — 26,9 %, turklar — 3,0 %, ruslar — 1,8 % va boshqalar. Statistikada shunaqa, norasmiy maʼlumotga tayansak tumanning 75 % dan ortigʻini oʻzbeklar tashkil qiladi.

Milliy tarkibi



2022-yil 1-yanvar oyidagi hisobotga koʻra tuman aholisi 223 676 kishini tashkill qildi. Qozogʻiston Respublikasidagi tuman aholisining yarmidan koʻpini oʻzbeklar tashkil qiluvchi yagona tuman hisoblanadi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:

Sayram tumanidagi aholi punktlari




Manbalar





uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz