Sayram Safarova
Sayram Safarova (1924-yil, Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1960).
Tarjimayi holi
Sayram Muhammadaminovna Safarova 1924-yili Jarqoʻrgʻon tumanida tavallud topgan. 1941—1953-yillari Jarqoʻrgʻon tumanidagi Norali Boymurodov nomli (sobiq „Mehnat rohat“) kolxozda kolxozchi, 1953—1955-yillarda shu kolxozning kutubxonasi mudiri, 1955—1963-yillarda kolxoz brigada boshligʻi, 1963—1967-yillarda hisobchi-buxgalter, 1967—1968-yillarda kadrlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlagan. Sayram Safarova boshchiligida brigada paxta hosili yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org