Sayqal




"SAYQAL" — ikki qismli, asosan, tanbur, gʻijjak va dutorda, 20-asr oʻrtalaridan sozandalar ansambli tomonidan ijro etib kelinayotgan oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylaridan. Ufar doira usuliga bogʻlangan. Shashmakrmdagi Segoh maqomi yoʻllarining varianti boʻlib, "Segoh" va "Girya" ashulalariga hamohang. Kuy rivojida peshrav uslubi muhim rol oʻynaydi. Bastakorlar T. Jalilov va Yu. Rajabiylar musiqali drama asarlarida Sdan foydalangan. S.ning surnay yoʻllari keng tarqalgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz