Sayohatnoma (adabiyot)




Sayohatnoma — badiiy adabiyotdagi janr. Sayohat taassurotlari va tafsilotlari tasviriga bagʻishlangan asar. Sayohatnomalarning tarixiy-badiiy qimmati muallif maqsadi, uslubi va mahoratiga bogʻliq. Adabiyot tarixida sayohat taassurotlarining nasriy va sheʼriy tasviridan iborat oʻnlab asarlar mavjud. Nasriy Sayohatnomalarda joy va voqealarning izchil tafsiloti yetakchi oʻrin tutsa, sheʼriy Sayohatnomalarda tasvir ixcham va umumlashma harakterda boʻladi. Nosir Xucpaewm "Safarnoma"si bu janrning dastlabki namunasi boʻlib, unda 7 yillik sayohat taassurotlari nasriy yoʻl bilan bayon qilingan. Oʻzbek adabiyoti tarixi uchun, asosan, sheʼriy Sayohatnomalar harakterlidir. Masalan, Muqimiynnnt murabbaʼ shaklida yozilgan "Sayohatnoma"si gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan bu janrning original namunasi x,isoblanadi. Nodimning Samarqand va Toshkentga qilgan safari natijasida yuzaga kelgan Sayohatnomasi esa qasida shaklida yozilgan.

Hozirgi davr adiblari va publitsistlarining turli mamlakatlarga qilgan safarlari natijasida qam bir qator nasriy Sayohatnomalar yuzaga keldi. Ular uslubida ocherk va publitsistika uchun harakterli xususiyatlar koʻproq. Masalan, Oybekning "Pokiston taassurotlari" asarida Sayohatnoma mavzuining kengayganligi, bayon va tasvir shakllarining oʻziga xosligi koʻzga tashlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz