Saymon Donaldson
Simon Donaldson (talaffuzi: Saymon Donaldson) (1957-yil 20-avgustda tugʻilgan) — angliyalik matematik. Toʻrt oʻlchamli silliq xilma-xilliklar topologiyasi hamda Donaldson-Thomasi nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1986-yil Fields medali, 2020-yil Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.
Donaldson 1979-yil Pembroke kollejini matematika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 1980-yil Worcester kollejida avvaliga Nigel Hitchin, keyinchalik Michael Atiyah rahbarligida ilmiy tadqiqotini olib borgan. 1983-yil Oxford universitetidan PhD darajasini olgan.
Donaldsonning asosiy ishlari matematik analizning geometriya masalalariga tatbiqi boʻyichadir. Xususan, olim murakkab differensial geometriya hamda simplektik geometriya boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Hozirgi kunda u Stony Brook universitetida Simons geometriya va fizika markazi aʼzosi hamda London imperial kollejida sof matematika professoridir.
Manbalar
uz.wikipedia.org