SAYMA



SAYMA — Finlyandiyaning Janubiy Sharqiy qismidagi ko’llar sistemasi. Maydoni 4400 kilometr kvadrat (eng kattasi — Sayma ko’li, maydoni 1800 kilometr kvadrat), eng chuqur joyi 82 metr. Qirg’oqlari kuchli yemirilgan, tik; Orol ko’p. Dekabrdan maygacha muzlaydi. Vuoksa daryosi orqali Ladoga ko’liga oqadi. Orollarda milliy parklar tashkil qilingan. Kema qatnaydi, yog’och tashiladi. Sayma kanali orqali Fin qo’ltig’i bilan bog’langan. Lappenranta, Savonlinna va boshqa portlar bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz