Sayfiddin Rafiddinov




Sayfiddin Rafiddinov (Sayfiddin Sayfulloh)  — (1958, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1994), Xalqaro „Antik dunyo“ ilmiy akademiyasi faxriy professori (2003).

Faoliyati



Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi yoʻnalishida (1987), Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida (2001) tahsil olgan. 1987-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ishlashni boshlagan. Saʼdiyning „Guliston“, Sobir Sayqaliyning „Ravzat ush-shuhado“, Soʻfi Ollayorning „Maslak ul-muttaqin“, Atoiyning „Devoni Shahzoda Atoyi“, „Qissai Mashrab“ kitoblarini nashrga tayyorlagan.

Asarlari



„Majoz va haqiqat“ (2005), „Fatvo va taqvo“ (2005), „Buyuklar halqasi“ (2011) kitoblari muallifi.

Mukofotlari



Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi (1994).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz