Saydullo Abdullayev
Abdullayev Saydullo Parxodbekovich (1965-yil 17-mart, Namangan) — Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori (2005—2018), MDH Banklar uyushmasi kengash aʼzosi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori (2007—2017).
Biografiyasi
1982—1983-yillarda Namangan shahar Xalq sudida sud majlisining kotibi vazifasida ishlagan.
1983—1985-yillar armiya safida xizmat qilgan.
1986-yilda Tver davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirgan va 1991-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan.
1991—1992-yillarda Namangan vilоyati istiqbolni belgilash va statistika Bosh boshqarmasi Reja komissiyasi mutaxassisi,
1992—1993-yillarda Namangan viloyat hokimi huzuridagi istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasida mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishlagan.
1993-yilning aprel oyidan 1994-yilning sentyabr oyigacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Namangan viloyat boʻlimi boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
1994-yil sentyabr oyidan Aksiyadorlik tijorat banki „Gʻallabank“ Namangan viloyat filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
1996-yil oktyabrdan 1997-yil dekabr oyigacha Bank-mоliya akadеmiyasida tahsil olgan.
1997-yildan 1998-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatli qogʻozlar departamenti direktori,
1998—2000-yillarda Iqtisodiy tahlil departamenti direktori,
2000—2002-yillarda Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
2002-yildan 2005-yilga qadar Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori oʻrinbosari, Bosh direktor vazifasini bajaruvchi.
2005-yildan 2018-yilgacha Bosh direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2007-yildan 2017-yilgacha shuningdek, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori.
2018-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sugʻurta nazorati inspeksiyasi direktori.
Manbalar
uz.wikipedia.org