Saxa Megnad




SAXA (Saha) Megnad (1893.6.10, Dakka, hozirgi Bangladesh — 1956.16.2, Yangi Dexli) — hind fizigi va astrofizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1927-yildan). Kalkutta universitetini tugatgan (1915). Kalkuttadagi fanlar boʻyicha Milliy institut aʼzosi va prezidenti (1937—39). Kalkuttadagi Yadro fizikasi instituti asoschisi (1951) va uning faxriy aʼzosi. Ilmiy ishlari termodinamika, statistik fizika, ionlanish nazariyasi, nurlanish nazariyasi, astrofizika, radiotoʻlqinlar tarqalishi nazariyasi, yadro fizikasi va boshqalarga oid. Gazlarning yuqori trada ionlanish nazariyasiga va ularni yulduzlar atmosferasini oʻrganishda qoʻllashga oid ishlari fanda katta ahamiyatga ega.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz