SAVR



SAVR (Arabcha) — 1) zodiak yulduz turkumlaridan biri. Belgisi O. O’rta asr yulduz xaritalarida ovchi Orionga tashlanayotgan baquvvat buqa shaklida tasvirlanadi. Bu yulduz turkumida oddiy ko’z bilan 125 tagacha yulduz sanash mumkin. Uning eng yorug’ yulduzini arablar Aldebaran deb atashgan. Ungacha masofa 70 yorug’lik yili, shuningdek, bu yulduz turkumida Hulkar sochma yulduz to’dasi ham joylashgan. Savr kuz va qishda yaxshi ko’rinadi; 2) Shamsiya yil hisobida 2-oyning nomi. 22 apreldan 21 maygacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz