Savohiliy




Suaxili , savohiliy (arab. — sohil soʻzidan) — bantu guruhiga mansub xalq. Tanzaniya (2060 ming kishi), Mozambik, Kongo Demokratik Respublikasi va boshqalarda yashaydi. Umumiy soni 2,4 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Suaxili shilida soʻzlashadi. Dini — sunniy musulmonlar. "Suaxili" nomi 12-asrdan maʼlum. Suaxililar etnogenezida Sharqiy Afrikaning sohillari hamda Zanzibar va boshqa orollarda yashagan mahalliy bantu qabilalari, milodning boshlaridan bu yerlarga kela boshlagan hindlar, arablar va forelar, shuningdek, arablar tomonidan Afrikaning ichki rayonlaridan qul qilib keltirilgan turli qabilalar qatnashgan. Oʻrta asrlarda suaxililarning Kilva, Pate, Malindi kabi shahar davlatlari mavjud boʻlgan. Suaxililar, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, hunarmandchilik, kemasozlik bilan shugʻullanadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz