Save Your Tears




«Save Your Tears» (ingl. «Koʻz yoshingni asra» ) — kanadalik taniqli qoʻshiqchi The Weekndning toʻrtinchi – After Hours albomi uchun ishlangan qoʻshiq. The Weeknd qo'shiqni Max Martin, Oskar Holter, Belly va Jason Quenneville bilan birga yozgan.

Qo'shiq albomning to'rtinchi singli sifatida 2020-yil 9-avgustda Yevropada chiqarildi. 2020-yil 24-noyabrdan u Amerika radiolarida jarang socha boshladi. Oneohtrix Point Never tomonidan ishlangan remiks rasman 2020-yil 23-martda albomning deluxe variantiga kiritilgan Amerikalik qoʻshiqchi Ariana Grande bilan yozilgan qoʻshiqning ikkinchi remiksi 2021-yil 22-aprelda chiqdi va AQShning asosiy — Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egalladi.

Tarixi



2019-yilning 12-iyulida trekdan parcha internetda paydo boʻldi va koʻpchilikda ushbu qoʻshiq “After Hours” albomida paydo boʻlishi kerak degan fikrga sabab boʻldi. 2020-yil 17-martda Shazam musiqiy ilovasi ushbu yozuv The Weekndning toʻrtinchi studiyaviy albomining oʻn birinchi treki boʻlishini eʼlon qildi. O'sha kuni qo'shiqchi albomning treklar ro'yxatini e'lon qilganida uning mavjudligini tasdiqladi.

Videoklip



2021-yil 5-yanvarda ushbu qoʻshiqning videoklipi chiqdi. Ijrochi o'z qiyofasi bilan muxlislarini hayratda qoldirdi, sababi unga qaraganda odamlar uni plastik jarrohlik amaliyotini o'tkazgan deya oʻylashadi. Shuningdek, qo'shiqchi o'zining yangi qizil kostyumini kiygan edi.

Konsertlardagi chiqishlari



Birinchi marta ushbu qoʻshiq 2020-yil 22-noyabrda American Music Awards 2020 marosimida jonli tarzda Kenny Gning «In Your Eyes» qoʻshigʻi remiksi bilan birga Los-Anjeles shahri markazida ijro etildi.

Qo'shiqning ikkinchi jonli ijrosi uning qarorgohlarining birida 2020-yil 14-dekabrda Z100 Jingle Ball paytida bo'lib o'tdi.

2021-yil 7-fevralda Florida shtatining Tampa shahridagi Raymond Jeyms stadionida Tesfaye Super Bowl Halftime Show (LV shou)dagi chiqishida «Save Your Tears» qoʻshigʻini ijro etdi.

2021-yil 11-may kuni The Weeknd Brit Awards mukofotida chiqish qildi. Dengizchi yomgʻirpoʻshini kiyib olgan The Weeknd yorqin yoritilgan "quti"da «Save Your Tears»ni ijro etdi, "quti"dan tashqarida momaqaldiroq va chaqmoq chaqar edi. Qo'shiqning oxiriga kelib, yomg'ir ostida qo'shiqni tugatish uchun qutidan chiqadi.

2021-yil 27-may kuni The Weeknd oʻz serenadasini Ariana Grande bilan iHeartRadio Music Awards marosimida omma oldida ijro etdi. Musiqachi yaltiroq fonda hashamatli qora kostyum kiygan edi. Ariana Grande keyinchalik ipak binafsha libosda paydo bo'ldi. U juda ingichka ovozdagi nolasi bilan chiqishni bezatdi

Mukofotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz