SAVARENSKIY FYODOR PETROVICH
SAVARENSKIY FYODOR PETROVICH (1881.11.2, Goroxoves, hoziegi Vladimir viloyati — 1946.8.10, Moskva) — rus gidrogeologi, muhandislik geologiyasiga asos solganlardan biri. Akademik (1943), Moskva universitetini tugatgan (1909). Ilmiy ishlari gidrogeologiya, gruntlar mexanikasi va muhandislik geologiyasiga bag’ishlangan. Savarenskiy rahbarligida SSSR yer osti suvlarining birinchi ma’lumotnomasi tuzilgan (1933). Savarenskiy gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi bo’yicha bir qancha darsliklar muallifi. As: Gidrogeologiya, M., 1933; injenernaya geologiya, M., 1937.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz