Savannah Harmon




Savannah Harmon (talaffuzi: Savanna Xarmon; 1995-yil 27-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik xokkeychi va Qoʻshma Shtatlar ayollar milliy xokkey jamoasi aʼzosi, hozirda Professional ayollar xokkeychilar uyushmasining (PWHPA) Minnesota klubida faoliyat koʻrsatadi.

Faoliyati



Harmon kollejdagi Clarkson Golden Knights ayollar xokkey jamoasi bilan oʻynadi va Clarcsonda 2017- va 2018-yillarda ketma-ket NCAA ayollar xokkey chempionatlarida sardorlik qildi. 2018-yilda u Patty Kazmaier mukofotining eng yaxshi 10 finalchisi boʻldi va All-USCHO birinchi jamoasi yulduzi deb topildi. Harmon 2019—2020-yilgi mavsumda PWHPA ning Buffalo jamoasiga qoʻshilishdan oldin Beauts bilan 2018—2019 NWHL mavsumida oʻynadi. U 2020-yilda Minnesota shtatiga koʻchib oʻtdi.

Xalqaro oʻyinlarda



Harmon Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy xokkey jamoasida debyutini 2019—2020-yilgi musobaqa seriyasining soʻnggi uchta oʻyinida, AQSh jamoasi va Kanada terma jamoasi oʻrtasida oʻtkazilgan beshta xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida oʻtkazdi.

COVID-19 pandemiyasi tufayli turnir bekor qilinishidan oldin u 2020-yilgi IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun AQSh roʻyxatiga rasman kiritilgan edi. 2021-yilgi IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati roʻyxatidan yana joy oldi.

2022-yil 2-yanvarda Harmon 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi roʻyxatiga kiritildi.

Shaxsiy hayoti



Harmon Clarkson universitetida biznes innovatsiyalari va tadbirkorlik darajasiga ega va xokkey faoliyatiini tugatgandan soʻng Yuris doktori boʻlishni maqsad qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz