Savage Garden
Savage Garden avstraliyalik pop-duet, 1997 — 2000 yillarda xalqaro mashhurlikka erishgan. Guruh Darren Hayes (vokal) va Daniel Jones (klavishlar, gitara)dan tashkil topgan. Ular 90-yillarning ohirida qator hitlarni yaratganlar va bugun ularning balladasi „Truly Madly Deeply“ bilan shuningdek, „To the Moon and Back“, „I Knew I Loved You“ va „I Want You“ qoʻshiqlari bilan mashhurlar.
Tarix
Tashkil topishi
1993-yili, multi-instrumentalchi va produser Daniel Jones Brisbeynning gazetasi Time Offda oʻzining besh kishilik guruhi „Red Edge“ uchun vokalchi qidirilayotgani haqida eʼlon beradi. U paytda universitetda oʻqiyotgan Darren Hayes eʼlonga javob beradi va birinchi eshittirishdan soʻng darhol guruhga taklid etiladi.
1994-yilning iyunida Darren va Daniel karyeraligini birga davom ettirish uchun „Red Edge“ni tark etishadi. Yangi duet „Savage Garden“ deb nomlandi — nom Anne Ricening The Vampire Chronicles („Har bir insonning ongi yovvoyi bogʻdir“) asaridan olingan. Darren bu asarning muhlisi edi.
Oʻsha yilning ohiriga juftlik demo yozuv uchun yetarli material toʻplagan edi, demoni yozib ular dunyodagi bir nechta yozuv kompaniyalariga yuboradilar. 1995-yili debyut albomini yozish uchun ular studiyada ishlashni boshlaydilar.
Debyut albom
1996-yilning iyulida duet „Roadshow Music“ leybli ostida oʻzligining debyut singli — „I Want You“ni relizlaydilar. Singl Avstraliyada hitga aylanadi va eng koʻp sotilgan singl darajasiga yetadi. Singlning muvaffaqiyati koʻpchilik AQSH yozuv leybllari orasida qiziqish uygʻotadi, sentabr oyida Columbia Records kurashda gʻolib chiqadi va guruhni oʻz qaramogʻiga oladi. Noyabrda ikkinchi singl „To the Moon and Back“ relizlanadi va keyingi yilning yanvarida #1 oʻringa yetadi. „I Want You“ AQSHda 1997-yilning fevralida relizlanadi, u yerda #4 oʻringa chiqadi va tezda oltinlik unvoniga erishadi. „Truly Madly Deeply“ — guruhning uchinchi avstraliyalik singli martda chiqadi va #1 oʻringa yetadi, „I Want You“ esa Yevropada aprel oyida chiqadi. Duetning debyut albomi
Savage Garden martda Avstraliyaning chartlariga #1 oʻrinda kirib boradi va 17 hafta davomida u yerda ushlanib turadi — dunyo boʻylab albom ikki haftadan soʻng relizlanadi. Mayning ohiriga kelib, „To the Moon and Back“ AQSH radiolarida eng koʻp tinglangan qoʻshiq deb topildi.
Iyunda, Avstraliyada guruhning toʻrtinchi singli „Break Me Shake Me“ chiqadi, AQSHda bu singl #3 oʻringa yetadi va RIAA tomonidan oltin deb baholanadi. Avgustning ohiriga kelib, albom Avstraliyada 7 karra platinaviy, Kanadada uch karra platinaviy va Yangi Zelandiya hamda Singapurda ikki karra platinaviy boʻladi.
Noyabrda „Truly Madly Deeply“ AQSHdagi ularning uchinchi relizi boʻladi va chartlarda Elton Johnning „Candle in the Wind 1997“ qoʻshigʻidan oʻtib ketadi. 1997-yilning ohiriga kelib, Hayes va Jones xalqaro yulduzlarga aylanishadi.
1998-yil yanvar guruh dunyo boʻylab turini boshlaganida ularning oltinchi singli „All Around Me“ chiqadi. Yilning yakunida „Truly Madly Deeply“ AQSH radiolarida eng koʻp tinglangan qoʻshiq deb topiladi.
2005-yili guruhning debyut albomi Avstraliyada yigirma marta platinaviy, AQSHda olti karra platinaviy va Buyuk Britaniyada ikki karra platinaviy boʻladi.
Affirmation
1999-yil fevralda „The Animal Song“ Avstraliya va AQSHda hitga aylanadi. Oʻsha sentabr yaqinlashayotgan yangi albomning elchisi boʻlgan yangi singl: sokin, romantik ballada „I Knew I Loved You“ni koʻradi. Noyabrda duetning ikkinchi albomi
Affirmation dunyo yuzini koʻradi. AQSHda platinaviylik unvoniga erishish bir oy vaqtni talab etdi, katta ishni bu yerda „I Knew I Loved You“ singli bajardi, u chartlarda #1 oʻringa chiqadi va ohiri platinaviy boʻlib, AQSHda shu yili eng koʻp tinglangan qoʻshiq deb topiladi. Guruh yilni Billboard Music Awardning ikki mukofoti bilan yakunlaydi. 2000-yil fevralda „Crash and Burn“ ikkinchi albomning uchinchi singli boʻlib chiqadi. Iyunda Darren Hayes italyan tenori Luciano Pavarottining Pavarotti va Doʻstlar" hayriya konsertida „'O Sole Mio“ taronasini ijro etadi.
The split
2001-yil oktabrida Savage Garden rasmiy holda tarqalib ketishganligini eʼlon qiladilar va duet oʻzlarining boshqa-boshqa yoʻllari bilan ketadilar. Darren oʻzining birinchi yakkahon albomi ustida ish boshlaydi. Birinchi singl „Insatiable“ 2002-yili chiqadi,
Spin albomi ham oʻsha yilning oʻzida dunyo yuzini koʻradi. Spin Buyuk Britaniyaning Top 40ta singllar qatoriga kirgan bir nechta singllarni hadya etgan, shu jumladan, „I Miss You“, „Strange Relationship“ va „Crush (1980 Me)“.
Darrenning ikkinchi yakkahon albomi The Tension and the Spark 2004-yili relizlanadi, uning birinchi singli „Pop!ular“ raqs hitiga aylanadi. „Darkness“ singli mavjudligiga qaramay, ikkinchi albom debyut yakkahon albomning muvaffaqiyatini qaytara olmaydi.
Truly Madly Completely
Eng buyuk hitlar termasi Truly Madly Completely: The Best of Savage Garden 2005-yil 7 noyabrda, AQSHda 2006-yil boshlarida chiqadi va Darren Hayesning „So Beautiful“ nomli yangi singlini oʻz ichiga oladi. Kolleksiya ikkala studiyaviy albomdan yigʻilgan hitlarni, beshta B-saydni va Darren Hayes tomonidan yaratilgan ikkita yangi qoʻshiqni oʻz ichiga olardi. Relizning ayrm variatsiyalari bir nechta musiqiy video kliplarni oʻz ichiga olgan bonus DVDga ham ega edi.
Darren va Daniel qisqa vaqt birga ijod qilganlariga qaramay, ular dunyo boʻylab 23 milliondan ortiq yozuvlarini sotganlar va Savage Gardenni oʻtgan asrning eng muvaffaqiyatli duetlardan biriga aylantirdilar.
Turlar
The Future of Earthly Delites
Future of Earthly Delites turi AQSHda To the Moon and Back Tour deb ataldi. Bu turning qismlarini „Break Me Shake Me“ va „Tears of Pearls“ qoʻshiqlari uchun suratga olingan musiqiy videolarda koʻrish mumkin.
Affirmation World Tour
„Affirmation“, „Chained to You“ va „The Best Thing“ qoʻshiqlari uchun videolar Affirmation World Tour vaqtida suratga olingan. Turning Avstraliyadagi qismida operator komandasi ham sahna, ham sahna orti voqealarni yozib oladi va keyinchalik bu materiallar Superstars and Cannonballs DVD/VHS’i uchun ishlatiladi.
Diskografiya
Albomlar
Boshqa albomlar
Singllar
Videolar va DVDlar
Saundtreklar
Mukofotlar va yutuqlar
Savage Garden Affirmation = "Truly Madly Deeply"
Mukofotlar
1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004 Ragʻbatlanish
Havolalar
uz.wikipedia.org