SAUTPORT
SAUTPORT (sobiq Goldkost) — Avstraliyaning dengiz bo’yi iqlim kurorti, Tinch okean sohilida, Brisben shahridan janubda. Avstraliyada eng yirik suv sporti, turizm va dam olish zonasi (maydoni 120 kilometr kvadratdan ortiq). Aholisi 391,2 ming kishi (1999). Sautport tarkibida 20 dan ortiq aholi punktlari mavjud. Dam olish zonasi sifatida 1952 yildan rivojlanmoqda. Delfinariy, ornitologiya qo’riqxonasi, muzeylar bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz