Saun Mariñu




San Marino (San Marino Respublikasi) poytaxti — San Marino shahri. BMT aʼzosi.

San-Marino - eng qadimiy
respublikalardan biri bo‘lib, Unga 301-yil 3-sentabrda Rim imperatori Diokletianning nasroniylarga qarshi qiynoqlaridan qochgan nasroniy tosh ustasi Dalmatian Marinus tomonidan asos solingan.
1253-yildan beri davlat tuzumi
o‘zgarmay kelgan. 1463-yildan
buyon San-Marino hududi
o‘zgarmagan. Aholisining etnik
tarkibi: San-Marinolar-83%,
italyanlar- 12%

Tabiati



San-Marino Titano tog‘
yonbag‘rida joylashgan.
Mamlakat iqlimi — o‘rtayer
dengiz iqlimi, lekin Italiya
iqlimiga nisbatan mo‘tadil.
Qishda ko‘p qor yog‘adi.
O‘rmonlari kamayib ketgan.
Ammo efirmoyga boy butazor
va o‘tloqlar mavjud. Tog‘da
joylashgan kichik daryolar yozda
qurib qoladi.

Xo‘jaligi



San-Marino iqtisodiyoti asosan
sayyohlarga xizmat ko‘rsatish,
pochta markalari, tangalar va
esdalik sovg‘alar chiqarishga
tayanadi. Aholining turmush
darajasi va o‘rtacha umr ko‘rish yoshi
dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichga
yetgan. Mamlakatda mahalliy
hunarmandchilik rivojlangan.
Asosiy eksport mahsulotlari:
vino, chinni, shisha
buyumlar, esdalik sovg‘alari.

Diqqatga sazovor joylari



Sayyohlarni San-Marinoning go‘zal tabiat manzaralari, O‘rta asr va
Uyg‘onish davriga mansub arxitektura san’ati durdonalari o‘ziga jalb
qiladi. Shahar XVI asrda barpo etilgan qadimiy davr qo‘rg‘on devorlari
bilan o‘ralgan. Ko‘cha va yo‘laklar tosh zinalar bilan birlashgan. Asosiy
yodgorliklarga XIV-XV asrlar cherkovi, XVI asr kaputsinlar monastirlari,
XTV-XV asrlar San-Franchesko cherkovi, XIX asrda qurilgan ozodlik
maydonidagi hukumat saroyi kiradi. San-Marino - ilmiy, madaniy ommabop
kongress, konferensiya, simpoziumlar o‘tkaziladigan an’anaviy joy.

Manbalar




2013-yil

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz