Saumya Tandon




Saumya Tandon (1984-yil 3-noyabrda tugʻilgan) - hind aktrisasi va teleboshlovchisi. Uning "Bhabiji Ghar Par Xain" sitkomi(sitkom bu - komediya janriga asoslangan bir epizoddan boshqasigacha davom etadigan ko'rsatuv), Hindiston televideniyasidagi eng mashhur sitkomlardan biri bo'lgan va IMDB reytingida 8,5+ balini oplgan. U televideniyada14 ga yaqin shoularni olib bordi. Masalan, Dance India Dance, Bournvita Quiz Contest shoulari shular jumlasidandir.

Yoshlik yillari



Saumya 1984-yil 3-noyabrda Madhya Pradesh shtatining Bhopal shahrida tugʻilgan. Oila Ujjainga ko'chib o'tdi. U yerda u Avliyo Mery monastir maktabida o'qidi. Uning otasi B.G, Tandon yozuvchi va Ujjain universitetida professor bo'lgan.

Faoliyati



Tandon o'z karyerasining boshida modellik qilish takliflarini oldi va "Femina Cover Girl First Runner Up"da qatnashdi. U shuningdek, 2008-yilda xalqaro loyiha doirasida Afg'onistonda "Khushi" serialida qatnashdi va u yerda afg'on ayolining bosh rolini o'ynadi. U 2011-yilda Shah Rukh Khan bilan birga "Zor Ka Jhatka: Total Wipeout"(Wipeout formati asosida) koʻrsatuviga olib boruvchilik qilgan. U 3 mavsum davomida Dance India Dance dasturini olib boradi. Buning uchun u eng yaxshi teleboshlovchi mukofotiga sazovor bo'ldi. U uch mavsum davomida Derek O'Brien bilan birgalikda Bournvita viktorina tanloviga olib boruvchilik qildi. Imtiaz Alining Shahid Kapoor va Kareena Kapoor ishtirokidagi “Jab We Met"(Biz uchrashgan Jab” filmida u qahramonning singlisi Roop rolini ijro etgan. U shuningdek, uch mavsum davomida LG Mallika-e-Kitchenda olib boruvchilik qildi.

2015-yilda Tandon "Bhabiji Ghar Par Hain" deb nomlangan komediya serialida Anita rolini o'ynay boshladi. U serialdan "gori mem" nomi bilan ham tanilgan. 2018-yilda u Colors TVda Entertainment ki Raat 2-mavsumini olib bordi.

2020-yil 21-avgustda u "Bhabhi Ji Ghar Par Hain" ko'rsatuvini tark etdi.

Shaxsiy hayoti



Tandon shaxsiy hayoti haqida gapirishni istamaydi. 2016-yilda u sevgilisi Saurabh Devendra Singhga turmushga chiqdi. Nikohdan oldin u u bilan 10 yil uchrashgan.

Tandon 2019-yilda oʻgʻil tugʻdi.

Filmografiyasi



Filmlar




Teleseriyal




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz