Saudiya Markaziy banki




Saudiya Markaziy banki (arabcha: البنك المركزي السعودي), ilgari Saudiya Arabistoni Valyuta boshqarmasi (Saudi Arabian Monetary Authority, qisqartmasi SAMA ; arabcha: مؤسسة النقد العربي السعودي) nomi bilan tanilgan, 1952-yilda tashkil etilgan, Saudiya Arabistoni Qirolligining markaziy banki . 2020-yilda nom oʻzgartirilgandan soʻng, Saudiya Markaziy banki ayni akronimdan (SAMA) foydalanishda davom etdi.

Tarixi



Saudiya Markaziy banki tashkil etilishidan oldin 1926-yildan Niderlandiya Savdo Jamiyatining boʻlimi boʻlgan Saudiya Gollandiya banki (nid: Saudi Hollandi Bank) amalda markaziy bank vazifasini bajargan. U Qirollikning oltin zaxiralarini saqlagan va Saudiya Arabistoni hukumati nomidan neft daromadlarini olgan. Bank 1928-yilda qirol Abdulaziz buyrugʻi bilan qirollikning birinchi mustaqil pul birligi hisoblanadigan yangi Saudiya kumush tangasini yaratishga yordam berdi. 1952-yilda SAMA tashkil etilganida Saudiya Gollandiya banki oʻz mas’uliyatini yangi tashkilotga topshirdi va qirollikdagi boshqa xorijiy banklar uchun namuna boʻldi. Bankning 1985-yilda qurilgan hozirgi qarorgohi amerikalik meʼmor Minoru Yamasaki tomonidan ishlab chiqilgan.

Zamonaviy markaziy bank Vizor irland shirkati tomonidan ishlab chiqilgan tartibga solish infratuzilmasi orqali ishlaydi. 2020-yil mart va 2020-yil aprel oylarida SAMA Davlat investitsiya fondiga (DIF) 150 milliard Saudiya riyali ($40 mlrd) oʻtkazdi. Aprel oyida 25 milliard dollar, may oyida esa 15 milliard dollar oʻtkazilgan.

Vazifalari



SAMA Saudiya Arabistonining Markaziy banki boʻlib, uning vazifalari milliy valyuta, Saudiya rialini chiqarish, tijorat banklarini nazorat qilish, valyuta zaxiralarini boshqarish, narx va kurs barqarorligini taʼminlash, moliya tizimining oʻsishi va mustahkamligini taʼminlashdan iborat. Saudiya toʻlov tizimi (MADA yoki eski SPAN), SARIE va SADAD kabi bir qator banklararo elektron moliyaviy tizimlarni boshqaradi.

Raislar roʻyxati




Yetakchiligi va tuzilmasi



SAMA faoliyati Direktorlar kengashi tomonidan nazorat qilinadi. Kengash rais, rais oʻrinbosari va xususiy sektordan taklif etilgan yana uchta aʼzodan iborat. Rais va rais oʻrinbosari qirol farmoni bilan uzaytirilishi mumkin boʻlgan 4 yilga, boshqa aʼzolar esa qirol farmoni bilan uzaytirilishi mumkin boʻlgan 5 yilga tayinlanadi. Kengash aʼzolari qirollik farmoni boʻlmagan taqdirda chetlatilishi mumkin emas.

SAMA yuqori rahbariyati rais, rais oʻrinbosari va beshta oʻrinbosarlardan iborat.

Direktorlar kengashi




Yuqori boshqaruv




Balansi ʼ ʻ



SAMA balansi Saudiya riyalida ifodalangan boʻlib, u AQSh dollariga nisbatan 3,75 rasmiy kursi bilan bogʻlangan. SAMA tomonidan chiqarilgan barcha valyuta qogʻozlari ekvivalent oltin depozitlari bilan toʻliq taʼminlanadi.

(million rialda)

2012-yil koʻrsatkichlari 1-chorak yakuniga koʻra taqdim etilgan.

SAMA Foreign Holdings



Saudiya Markaziy banki oʻz vazifalaridan tashqari mamlakatning suveren jamgʻarmasi sanaladigan SAMA Foreign Holdings’ni ham nazorat qiladi. Jamgʻarma 700 milliard dollardan ortiq aktivlari bilan dunyodagi uchinchi yirik suveren fonddir.

2015-yil oktabr oyida Saudiya Markaziy banki raisi Fahad Abdulla al-Muborak 100 ta Davlat investorlari reytingida 2-oʻrinni egalladi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz