Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi




Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi (arabcha: منتخب السعودي لكرة القدم للسيدات) Saudiya Arabistoni mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Saudiya Arabistonidagi futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi (SAFF) tomonidan nazorat qilinadi.

„Yashil lochinlar“ deb atalgan Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yildagi ilk oʻyinini Maldiv orollarida oʻtkazilgan oʻrtoqlik turnirida Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi oʻtkazib, 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Tarixi



Saudiya Arabistonidagi diniy yetakchilarning taʼsiri, siyosiy yetakchilar va sport maʼmurlarining faol qarshiliklari va ayollar sportiga nisbatan muntazam kamsitishlar tufayli mamlakatda ayollar terma jamoasi uzoq vaqt mavjud boʻla olmadi. Buning ustiga FIFA tomonidan tan olingan ayollar terma jamoasini yaratish 2008-yilda qonun bilan taqiqlandi. Tizimli diskriminatsiyava cheklangan islohotlar 2015-yilda qirol Abdulloh ibn Abdulaziz as-Saud vafotigacha saqlanib qoldi.

2015-yilda qirol Salmonning taxtga oʻtirilishi bilan futboldagi islohotlar haqida gap-soʻzlar avj oldi. Uning oʻgʻli Muhammad bin Salmon birinchi boʻlib islohotlarga, jumladan, ayollar futboliga boshchilik qildi. Saudiya Arabistoni 2017-yildan boshlab ayollarga futbol oʻyinlariga borishga ruxsat berdi. Bu kelgusida ayollar futbol jamoasini yaratish uchun birinchi qadam boʻldi.

2019-yil dekabr oyida Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi (SAFF) Jidda hududida birinchi norasmiy ayollar musobaqasini tashkil qildi. Rasmiy umummilliy turnir boʻlgan havaskor Saudiya ayollar futboli ligasi 2020-yil fevral oyida boshlangan boʻlib, bu liga uchta yirik shaharda oʻtkazilgan: Ar- Riyod, Jidda va Dammamda. Liga tashkil etilgandan soʻng, Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasini yaratish talablari koʻpaydi.

Tashkil topishi



2021-yil 11-avgustda Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi Monika Staabni yangi tashkil etilgan Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinladi. Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk oʻyinlarini 2022-yilning fevral oyida Maldiv orollaridagi Male shahrida oʻtkazilgan oʻrtoqlik turnirida oʻtkazdi. Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi 20-fevral kuni oʻzining debyut oʻyinida Maldiv orollari terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etishdi. Muvaffaqiyatli debyutdan soʻng, Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi boshqaruv kengashi aʼzosi Lamiya Bin Bahian jamoaga keyingi oʻn yil ichida birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun uzoq muddatli rejani oshkor qildi. Bundan tashqari bu rejaning maqsadlari orasida Fors Koʻrfazi, Gʻarbiy Osiyo va Osiyo darajasida dominant kuchga aylanish niyati ham bor edi.

Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi



Hozirgi murabbiylar shtabi



2022-yil 11-avgust holatiga koʻra

Bosh murabbiylar tarixi




Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari



Hozirgi tarkib



2022-yilning 24 va 28-sentyabr kunlari Butan ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida quyidagi futbolchilar Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Oʻyinlar va gollar statistikasi 2022-yil 28-sentabr holatiga toʻgʻri keladi[15].  

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz