Saud Al-Shuraim




Saud ibn Ibrohim ibn Muhammad ash-Shuraim (arab) — Makkadagi Masjidul Haram masjidida namoz oʻqiydigan imomlardan va juma voizlaridan biri. Qur’on qorisi, Makkadagi Umm al-Qura universitetida shariat (islomshunoslik) boʻyicha fan doktori darajasiga ham ega. Shuraim yaqinda Umm al-Qara universitetga dekan va „Fiqh boʻyicha mutaxassis professor“ etib tayinlandi. Shuraim 1991-yildan beri Makkada Ramazon oyida tarovih namozlarini oʻqiydi.  U, shuningdek, 2012-yil 17-iyun kuni Masjid-i Haramda shom namozidan keyin valiahd shahzoda Nayif bin Abdulazizning janoza namozini oʻqiydi. Bu dafn marosimida Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh va qirollik oilalari ishtirok etgan edi.

Faoliyati



1991-yilda u Qirol Fahdning buyrugʻi bilan Ulugʻ masjidda namozxon va juma voizi etib tayinlangan.  Oradan bir yil oʻtgach, u Makka Oliy sudiga qozi etib tayinlandi. Bundan tashqari, u zot ulomalar tomonidan maʼqullanib, Masjidul-Haramda taʼlim berishga tayinlangan. 1995-yildan buyon Makkadagi Umm al-Qura universitetida professor boʻlib ishlamoqda va ushbu universitetning "Shariat va islomshunoslik" fakulteti dekani etib tayinlangan. 2010-yil iyun oyida universitet prezidenti Bakri bin Matʼuk tomonidan fiqh boʻyicha professor darajasidan mutaxassis professor darajasiga koʻtarildi. Hozirda Saudiya Arabistonida ishlamoqda.

2018-yilning 6-aprelida Saudiya Arabistoni hukumati Saud Al-Shuraimning Twitterdagi sahifasini yopib qoʻydi, chunki u qirollikdagi siyosiy va ijtimoiy muammolar haqida sharhlar joylashtirgan va islom taʼlimotlarining buzilishini tanqid qilgan.

Shaxsiy hayoti



Shuraimning oilasi Saudiya Arabistonining Banu Zayd qabilasining haroqiylar oilasidandir.

„Al Vatan“ gazetasiga bergan intervyusida Shuraim uning muvaffaqiyatida xotinining oʻrni haqida soʻralganda shunday degan edi:

" Turmush oʻrtogʻimga kelsak, u baxt-u qaygʻuda ham oʻzini eng yaxshi yoʻldoshim ekanligini isbotladi, kerak boʻlganda yonimda boʻladi, koʻnglimni koʻtaradi, qaygʻularimni yengillashtirishga qoʻlidan kelgancha harakat qiladi. Alloh taolo buni uning xayrli ishlariga kiritsin".

Manbalar




Havolalar



Media related to Saud Al-Shuraim at Wikimedia Commons

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz