Saturn (xudo)




Saturn — Qad. Rim mifologiyasida ekinlar xudosi, dehqonchilik homiysi. S. Italiyaning juda qad. podshosi hisoblangan, u xalqni dehqonchilikka, sohibkorlikka oʻrgatgan. Uning davri yalpi tenglik, maʼmurchilik va tinchlik barqaror boʻlgan "oltin asr" zamonasi edi. S. sharafiga har yili dekabr oyida dabdabali va quvnoq saturnaliya bayrami oʻtkazilgan. S. uzun soqolli va qoʻlida oʻrogʻi boʻlgan odam shaklida tasvirlangan. Mil. av. 3asr oxiri va 2-asr boshidan S.ga sigʻinish yunonlar xudosi Kronosga sigʻinish bilan qoʻshilib ketdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz