Sato




Sato (setor soʻzining buzilgan shakli) — tanburni kamon bilan chalinadigan turi. Oʻzbek, Tojik, Uygʻur, Eron, Afgʻon xalqlarida tarqalgan. Kosasi tanburga nisbatan kattaroq va yupqaroq, qopqogʻi kengroq boʻladi. Tut yogʻochidan oʻyib yasaladi. Umumiy uz. 110— 120 sm. Ayrim sozandalar tanburni ham Sato sifatida kamon bilan yoki, aksincha, Satoni tanbur sifatida noxun bilan chalishadi. Satoda 3—4 asosiy tor boʻlib, oʻrtadagisi ikki yonidagilarga nisbatan kvarta, kivinta, baʼzida sekunda oraligʻida sozlanadi. Ulardan tashqari, yon quloqlarga tortiladigan aks sado beruvchi 11 tagacha torlar ham boʻladi. Satoda, odatda, kuychan, ohangdor asarlar turli nolish va qochirimlar bilan boyitilib chalinadi. U hozir turli oʻzbek cholgʻu ansambllarida hamda yakkaxon cholgʻu sifatida keng qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz