Satlaj




Satlaj , Sutlej (quyi qismida Panjnad) — Pokiston, Hindiston va Xitoydagi daryo, Hind daryosining eng katta (chap) irmogʻi. Uz. 1450 km, havzasining maydoni 395 ming km². Tibet togʻligidagi Kaylak tizmasidan boshlanadi. Himolay togʻlarining shim. etagidagi tor daralardan oʻtgach, Panjob tekisligidan oqadi. Yirik irmoklari: Bias va Chinob. Oʻrtacha suv sarfi Rupar sh. yaqinida 500 m³/sek., yoz oylarida 20 ming m³/sek.ga yetadi. Suv oqimini tartibga solish maqsadida toʻgʻonlar, togʻlardan tekislikka chiqqan qismida BhaqraNangal gidrotexnika kompleksi qurilgan. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim qismlarida kema qatnaydi. S boʻyida Nangal, Bahavalpur sh.lari joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz