Sasuke Uchiha




Sasuke Uchiha (yaponcha うちはサスケ) — Naruto va Boruto nomli Manga va Anime seriyasidagi asosiy qahramonlardan biri. Konoha maxfiy qishlogʻidagi Ninza, Uchiha sulolasining soʻnggi aʼzolaridan biri. Butun sulolani qatl qilgan akasi Itachi Uchiha dan qasos olishni maqsad qilgan. Sakura Harunoning turmush oʻrtogʻi, Sarada Uchihaning otasi. Ushbu qahramon Naruto muhlislari orasida mashhurdir.

Kuch va qobiliyatlari



Sasuke Uchiha sulolasi vakili boʻlgani tufayli toʻrtta asosiy koʻz qobiliyatlaridan biri boʻlgan Sharingandan foydalana oladi. Asosiy elementi olov, ikkinchisi esa elektr. U olov elementini juda yaxshi biladi. Lekin, olov oʻrniga elektr elementidan foydalanadi. Elektr elementi bilan qoʻllaydigan asosiy uslubi Chidori. Akasi Itachini oʻldirganidan keyin Sharinganning yuqori darajasi boʻlgan Mangekyou Sharinganga ega boʻladi. Sasuke Mangekyou Sharingan orqali Susanoʻo va Ametarasuni faollashtira oladi (ushbu uslublarni akasi tufayli qoʻlga kiritgan). IV Katta Ninza Urushida Rinnegan koʻz qobiliyatiga ega boʻladi.

Manbalar




Havolalar




[[Turkum:Manga qahramoni]]
[[Turkum:Anime qahramoni]]
[[Turkum:Naruto qahramonlari]]

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz