Sascha Bigalke




Sascha Bigalke (talaffuzi: Sasha Bigalke; 1990-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Faoliyati



Bigalke oʻzining professional faoliyatini „Hertha BSC“ jamoasida boshlagan va debyutini 2008-yilning 31-iyulida 2008—2009-yilgi UEFA kubogi birinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida „Nistru Otaci“ ga qarshi oʻtkazgan. 2011-yil yanvar oyida Arminia Bielefeldga oʻtishni rejalashtirgan edi, biroq Bigalke transfer tugashiga oz vaqt qolganda oyogʻini sindirib olgach, kelishuv bekor boʻldi. „Hertha“ safida bor-yoʻgʻi bitta ligada oʻynaganidan soʻng, 2011-yil iyul oyida SpVgg Unterhachingga tekinga oʻtdi. 

Sascha 45 oʻyinda (liga va kubok) toʻqqizta gol urdi va oʻn ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. DFB-Pokalning 1. FC Kölnga qarshi oʻyinda oʻynaganidan soʻng, raqib jamoa murabbiylarining eʼtiborini tortdi va 2012-yilning avgustida, transferlar oynasining soʻnggi kunida ular bilan shartnoma imzoladi. Taxminlarga koʻra, transfer narxi 400 000 yevroni tashkil etgan.

1.FC Köln uchun birinchi mavsumida Bigalke 16 oʻyinda munosib rol oʻynadi, ulardan sakkiztasida asosiy tarkibda tushdi. 2013—2014-yilgi mavsumoldi jarayonlarda unga mahalliy SF Troisdorf jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida raqib darvozaboni jarohat yetkazib qoʻydi. Keyinchalik, u deyarli butun mavsumni oʻtkazib yubordi

2014-yil 22-iyulda 1. FC Köln Bigalke va yana toʻrt nafar oʻyinchi boshqa asosiy jamoada oʻynamasligini eʼlon qildi. Buning oʻrniga uni klubni tark etishga chaqirishdi va ikkinchi jamoa bilan mashgʻulotlarda qatnashishga majbur boʻldi. Uning shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi va Unterhachingga bepulga qaytishga muvaffaq boʻldi. Sascha ular bilan bir yillik shartnoma imzoladi, shartnomada yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor edi.

Bigalke 2021-yilning mart oyida jarohatlar tufayli futboldan ketgan.

Faoliyat statistikasi



25-iyun, 2020-yilgi holat boʻyicha

Klublarda




Terma jamoada




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz