Saryan Martiros
Martiros Sergeyevich Saryan (armancha: Մարտիրոս Սերգեի Սարյան) – arman, Sovet rassomi, landshaft ustasi, grafik rassom. SSSR xalq artisti (1960). Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965). Lenin mukofoti (1961) va ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1941) laureati.
U asosan simvolizm va fovizm uslublarida ishlagan. Rassomning ishi arman sovet rassomligi milliy maktabining shakllanishida yetakchi rol oʻynagan.
Tarjimai holi
Saryan Martiros 1880-yil 28-fevral kuni Yekaterinoslav viloyati, Rostov tumani, Naxijevan-Don (hozirgi Rostov-na-Donu ) shahrida patriarxal arman oilasida dunyoga kelgan.
1895-yilda shahar maktabini tamomlagan. 1897–1904-yillarda Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura maktabida (hozirgi V. I. Surikov nomidagi Moskva rassomlik instituti), shu jumladan V. A. Serov va K. A. Korovin ustaxonalarida tahsil olgan. 1901–1904-yillarda Lori, Shirak, Etchmiadzin, Hagpat, Sanaxin, Yerevan va Sevan shaharlariga sayohat qilgan.
1900-yillarda u „Golubaya roza“, „Zolotoye runo“, „Soyuz russkix xudojnikov“, „Mir iskusstva“, „Chetire iskusstva“ badiiy birlashmalarining koʻrgazmalarida qatnashgan. Rassomning uslubiga Paul Gaugin va Henri Matissening rasmlari kuchli taʼsir koʻrsatgan.
1910–1913-yillarda Turkiya, Misr va Eronga bir qancha sayohatlar qilgan. 1916-yilda Tblisiga kelib, arman yozuvchisi G. Agayanning qizi Lusik Agayanga uylangan. Shu bilan birga, Arman rassomlari jamiyati va Armaniston rassomlari uyushmasini tashkil etishda ishtirok etgan. Saryan Martiros 1972-yil 5-mayda Yerevanda vafot etdi. U panteon nomi bilan atalgan Komitas qabristoniga dafn qilingan.
Faoliyati
SSSR Badiiy akademiyasining akademigi (1947), SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi, Armaniston SSR Rassomlar uyushmasi raisi (194–1951), Armaniston SSR Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1956),
SSSR Oliy Kengashining II – IV chaqiriq deputati (1946–1958), 1959-yildan Armaniston SSR Oliy Kengashi deputati lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Asosiy ishlari
Mukofot va unvonlari
Kino olami
1965-yil „Armenfilm“ studiyasida Laertes Vagharshyanning „Martiros Saryan“ hujjatli filmi suratga olingan, unda „Iskusstvo kino“ jurnali muallifining soʻzlariga koʻra, rassom va uning rasmlari nafaqat suratga olish obyektiga, balki qahramonlarga ham aylanganligini taʼkidlagan..
Manbalar
uz.wikipedia.org