Sarxumdon mahallasi
Sarxumdon mahallasi (Gulobod daxasi, 86/1) — Shayxontohur tumanidagi xozirgi maxalla. „Gulobod“, „Kattaxovuz“ mahallalari bilan chegaradosh.
Tarixi
Shoʻrolar davrida 1975-yilgacha mahalladagi „Qizil tovush“ kuch. nomi bilan atalgan. 1975 yil yakka tartibdagi eski uylar buzilib, yangi koʻp qavatli binolar qurilgach, Gulobod dahasi yuzaga kelgan. 1991 yil 28-aprelda mahalla „Sarxumdon“ tarixiy nomi bilan qayta tashkil qilingan.
Aholisi
Aholisi 7100 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Binolar
Mahalla xududida 36 ta koʻp qavatli uylar, bolalar bogʻchasi, „Tekstil Impeks“ qoʻshma korxonasi, maxsus internat-maktab joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org