Sarvar Abdullayev
Abdullayev Sarvar (1970-yil, Toshkentda tugʻilgan) — sharqshunos olim. ToshDSHIning 1996-yil bitiruvchisi, sharqshunos-filolog-arabshunos. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyati
1990 — 1995-y. — „Istiqlol nuri“ gazetasi muxbiri; 1995 — 1997-y. ToshDSHIda arab tili oʻqituvchisi; 1997-y. — Qohira universitetida malaka oshiruvchi; 1997—1998-yillar — Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Diniy ishlar boʻyicha qoʻmitaning birinchi darajali mutaxassisi; 1998 — 2002 yy. — shahar hokimiyati kotibiyatining mudiri; 2002-yildan Toshkent shahar „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi direktori. 2010-yildan Muzeylar boshq. boshligʻi. 2011y. dan taʼlim sohasiga oʻtib hozirgi paytda Kimyo texnologiya institutida falsafa va maʼnaviyat asoslari kafedrasi dotsenti.
Ilmiy yoʻnalishi — dinshunoslik. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2004—2010-yillar OʻzR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.
Ilmiy ishlari:
Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: „Svoboda veroispovedaniya i islam v Uzbekistane“, — Tashkent, 2002.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org