Sartlar
Sart — (savdogar), XIX — XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoning ayrim viloyatlarida (Farg'ona, Toshkent, Xorazm) ijtimoiy tabaqa bo'lgan. Buxoro amirligida bu nom ishlatilmagan.
Rossiya imperiyasi davrida hokimiyat tomonidan „Sart“ soxta millati bilan birgalikda „sart“ soxta tilini yaratishga urinish boʻlgan, ammo bu tajriba muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
11 asr filologi Mahmud Qoshg'ariy sart atamasini savdogar ma'nosida ishlatgan.
Rossiya imperiyasi davrida Samarqandlik ma'rifatparvar Mahmudx'oja Behbudiy sart atamasini mustamlakachilar tomonidan o'zbeklarga nisbatan qo'llanilishini tanqid qilib chiqqan edi.
Rossiya mustamlakachilik siyosati tarafdori Erdmanning fikricha sart alohida til boʻlgan va sartlar oʻzbek tiliga assimilyatsiya boʻlib yoʻqolib ketgan.
Rus manbalaidagi ma'lumotlar
„Frazi na sartovskom yazike“ (Sart tilidagi iboralar) deb nomlangan sartcha-ruscha soʻzlashgich boʻlib, 1884 yili Z.A Alekseev muallifligida Toshkentda chop etilgan.
1926 yildan boshlab "sart" nomi aholi roʻyxati va siyosiy muhokamalardan chiqarib tashlandi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org