Sarthak Golui




Sarthak Golui (talaffuzi: Sartak Golu) (1997-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining Sharqiy Bengal klubi va Hindiston terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi oʻyin faoliayti



Salgaocar



2014-yilning 13-yanvarida Sarthak Goluining Mumbay Tigers jamoasidan Salgaocar jamoasiga ijaraga olingani eʼlon qilindi. Sarthak Golui Salgaocar uchun debyutini 2014-yilning 18-yanvarida Neru stadionida Mumbayga qarshi Federatsiya kubogiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va uning oʻrnini Freyman Peyxoto egalladi va oʻyinda Salgaocar 1:2 hisobida gʻalaba qozondi.

U 2014-yilning 16-fevralida I-ligadagi debyutini „Tilak Maydan“ stadionida Mohun Baganga qarshi oʻtkazdi, oʻyinda u 46-daqiqada Clifton Dias oʻrniga maydonga tushdi.

Mohun Bagan



Gʻarbiy Bengaliyaning Kolkata shahrida tugʻilgan Golui I-Liga jamoasi Mohun Bagan bilan sinov mashgʻulotlarini oʻtashdan oldin AIFF Elit Akademiyasining bir qismi edi. 2016-yil 9-yanvarda Golui Mohun Bagan bilan I-liga mavsumining ochilish oʻyinida Ayzavlga qarshi oʻzining professional debyutini oʻtkazdi. Sarthak Golui Kian Lyuis oʻrniga soʻnggi daqiqada maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda Mohun Bagan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Kerala Blasters



2019-yil 17-avgustda Kerala Blasters Golui bilan bir yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Sarthak Golui Hindiston Superligasining 2019-20-yilgi mavsumida 10 ta oʻyinda maydonga tushdi va klub uchun birinchi golini Haydarobodga qarshi oʻyinda kiritdi.

2020-yil sentabrida Golui Blasters bilan shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirgani tasdiqlandi.

Xalqaro maydondagai faoliyati



Golui Hindistonni 16 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan toifalarda himoya qilgan. Sarthak Golui 2017-yilgi AFC kubogi saralash bosqichida Maldiv orollari klubiga qarshi oʻynadi

Shaxsiy hayoti



Goulining otasi Deb Kumar ham sobiq futbolchi edi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil 21-fevral holati[11]

Yutuqlari



Hindiston

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz