Sarso‘zan




Sarsoʻzan (fors. — bosh va igna) — zargarlik buyumi; ayollarning bosh kiyimiga taqiladigan toʻgʻnogʻich. Boshga yopiladigan roʻmolyopinchiqni ayolning bosh kiyimi (ikki chakka)ga S. yordamida mustahkamlangan. S. turli shakldagi asosiy va shokila qismdan tuzilgan. Qadimda suyakdan yasalgan, keyinchalik bronza toʻgʻnogʻichlar bilan almashingan. 19-asrga kelib S. shabaka usulida sharcha (feruza koʻzlar qadalgani "anor" S.) hamda qushcha shaklida ishlangan yoki shokilalari qushcha bilan yakunlangan. Baʼzi joylarda sanchoq ham deb atalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz