Sarrofon masjidi




Sarrofon masjidi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan.

Masjid 1515—1516-yillarda bunyod etilgan. Soʻnggi rekonstruksiyasi 1905-yilda amalga oshirilgan. Sovetlar davrida faoliyati tugatilgan. 1970-yillarning oʻrtalariga qadar unda choyxona, keyinchalik kutubxona joylashgan. Hozirda undan kafe sifatida foydalanib kelinyapti.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz