Sarpedon kichik
Sarpedon (qadimgi yunoncha: Σαρπηδών qadimgi yunoncha: Σαρπηδών) — qadimgi yunon mifologiyasidagi personajlardan biri. Gomerning yozishicha, Zevs hamda Bellerofonning qizi Laodamiyalarning oʻgʻli. Yoki Evander va Deidamianing oʻgʻli, katta Sarpedonning nabirasi.
Troyadagi Paris kenotafi ustida oʻtkazilgan oʻyinlarda, yugurish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. Troyan urushi qatnashchisi. „Iliada“ dostonida u 2 yunonni oʻldirgan. Giginning yozishicha, jami boʻlib 2 askarni oʻldirgan. Tlepolemus va Antifaning qotili ekani aytiladi. Oʻzi Patrokl tomonidan oʻldirilgan.
Kilikiyada qohin sarpedonlik Artemida va uning maʼbadi boʻlgan. Selevkiya yepiskopi Vasiliyning soʻzlariga koʻra, Sarpedon gʻoyib boʻlgan singlisini qidirib Kilikiyada sarson-u sargardon boʻladi.
Yupiter sayyorasining tabiiy yoʻldoshi boʻlgan Yevropadagi Sarpedon chizigʻi uning nomi bilan atalgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org