Sarpedon katta
Sarpedon (qadimgi yunoncha: Σαρπηδών qadimgi yunoncha: Σαρπηδών) — qadimgi yunon mifologiyasidagi personajlardan biri. Zevs va Yevropaning oʻgʻli. Miletga boʻlgan muhabbat bobida Minos bilan raqobati tufayli Kritdan qochishga majbur boʻlgan. Boshqa rivoyatlarga koʻra, u Atimniyani sevib qolgan va urush aynan Atimniya tufayli boshlangan. Sarpedon, Likiyalıklar bilan urushayotgan Cilicus bilan ittifoq tuzib, Likiyaga joylashadi. Yana bir boshqa manbalarda yozilishicha, u qoʻshin bilan Osiyoga bostirib borib, Likiya atrofidagi yerlarni egallab olgan. Gerodotga koʻra, Minos uni Kritdan quvib yubgan va Miliyadaga kelgan. Yoki kelib chiqishi Kritdagi Miletga borib taqaladi, Milet koloniyasining asoschisi boʻlgan. Termillar ham Sarpedon bilan birga Kritdan kelgan.
Yana bir taxminga koʻra, Zevs unga odamlarning uch avlodi muddaticha yashahsga imkon bergan va u Troyan urushi paytida Patrokl tomonidan oʻldirilgan. Boshqalar manbalarda yozilishicha, Evanderning otasi, kichik Sarpedonning bobosi hisoblanadii.
Uning oʻlimi va Yevropaning unga aza tutishi Esxilning "Kariyaliklar yoki Yevropa " tragediyasida tasvirlangan (fr.99-100 Radt).
Manbalar
[[Turkum: Crete Afsonalari]
uz.wikipedia.org