Sarkoma




Sarkoma (yun. sarkos — et va oma — oʻsma maʼnosini ifodalovchi qoʻshimcha) — asosan, biriktiruvchi toʻqimadan (yumshoq toʻqimalar va suyak sarkomalari), baʼzan suyak koʻmigidan (retikulosarkoma) paydo boʻladigan xavfli oʻsma.

Sababchi omillari va rivojlanish molekulyar mexanizmi rakka oʻxshash (qarang Rak). S.ning bir necha turi ajratiladi. S. rakdan kam uchrashi (hamma xavfli oʻsmalarning 3% idan kam), asosan, yosh kishilar yumshoq toʻqimalari va suyaklarining zararlanishi, atrof toʻqimalarning yemirilishi, oʻzidan uzoqrokdagi aʼzolarga tez metastaz berishi, kuchli ogʻriqlar (koʻproq kechalari) va davolash natijalarining kam naf berishi bilan farq qiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz