Sarkarda




Sarkarda (fors. — boshliq, boshlab boruvchi) — 1) qoʻmondon, lashkarboshi; 2) Xiva xonligida harbiy mansab. Slar qoʻshin urush safariga chiqqan davrda tayinlangan. Ular qoida boʻyicha oʻz urugʻlaridan tayinlanmagan. Xonlar buni ehtiyotkorlik deb hisoblashgan. Slar bevosita xonning yorligʻi bilan tayinlanib, harbiy mahkama kishilari boʻlmasligi ham mumkin boʻlgan (mas, miroblar S. boʻlishi mumkin edi); 3) amir, shahar hokimi, bek, mingboshi va yuzboshi ham baʼzan S. deb yuritilgan; 4) Eronda qoʻshin boshligʻi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz