Sarisu tumani




Sarisu tumani (qozoqcha: Сарысу ауданы) — Jambul viloyatining gʻarbiy hududida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Hududi — 31,3 ming km², Aholisi 41 592 kishi (2010). Tuman maʼmuriy markazi — Janatas shahri. Sarisu tumanida soʻnggi paleolit ​​davriga oid Burkitti qishlogʻi bor.

Tuman toʻgʻrisida maʼlumot



Tumanda 1 ta Janatas koʻpsoxali kolledji, 2 ta kasb-hunar texnik litseyi, 28 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta internat, 1 ta kechki oʻrta maktabi, 3 ta bolalar kasb-hunar maktabi, 3 ta bolalar musiqa maktabi, 4 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 1 ta bolalar va oʻsmirlar markazi, 7 ta maktabgacha taʼlim muassasasi va 6 ta klub faoliyat yuritmoqda.

Tuman hududida hozirgi kunda 2 ta madaniyat uyi, 19 ta qishloq klubi, 26 ta kutubxona mavjud. 2007-yilda 3 ta klub va 1 ta kutubxona yangidan ochilib, oʻz faoliyatini boshlagan.
Tibbiyot sohasi boʻyicha Janatas shahrida joylashgan markaziy kasalxona bilan tuman shifoxonasi, Saudakent qishlogʻida joylashgan qishloq kasalxona va tuman silni davolash dispanseri, 6 ta qishloq ambulatoriyasi, 19 ta tibbiy punkt oʻz faoliyatini yuritmoqda. Tumanda tibbiyot sohasida hammasi boʻlib 690 kishi xizmat qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz