Sarisu (tuman)
Sarisu tumani (qozoqcha: Сарысу ауданы) — Jambul viloyatining gʻarbiy hududida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Hududi — 31,3 ming km², Aholisi 41 592 kishi (2010). Tuman maʼmuriy markazi — Janatas shahri. Sarisu tumanida soʻnggi paleolit davriga oid Burkitti qishlogʻi bor.
Tuman toʻgʻrisida maʼlumot
Tumanda 1 ta Janatas koʻpsoxali kolledji, 2 ta kasb-hunar texnik litseyi, 28 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta internat, 1 ta kechki oʻrta maktabi, 3 ta bolalar kasb-hunar maktabi, 3 ta bolalar musiqa maktabi, 4 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 1 ta bolalar va oʻsmirlar markazi, 7 ta maktabgacha taʼlim muassasasi va 6 ta klub faoliyat yuritmoqda.
Tuman hududida hozirgi kunda 2 ta madaniyat uyi, 19 ta qishloq klubi, 26 ta kutubxona mavjud. 2007-yilda 3 ta klub va 1 ta kutubxona yangidan ochilib, oʻz faoliyatini boshlagan.
Tibbiyot sohasi boʻyicha Janatas shahrida joylashgan markaziy kasalxona bilan tuman shifoxonasi, Saudakent qishlogʻida joylashgan qishloq kasalxona va tuman silni davolash dispanseri, 6 ta qishloq ambulatoriyasi, 19 ta tibbiy punkt oʻz faoliyatini yuritmoqda. Tumanda tibbiyot sohasida hammasi boʻlib 690 kishi xizmat qiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org