Sariqtomoq Chumchuq




Togʻchumchuq , sariqtomoq chumchuq (Petronia petronia) — chumchuqsimonlar turkumi toʻqimachilar oilasiga mansub kush. Kattaligi va rangi dala va choʻl chumchugʻining modasiga oʻxshash, faqat dum patida oq, boʻynida sariq xoli boʻlishi bilan farq qiladi. Ogʻirligi 30—36 g. T. Janubiy Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikadatarqalgan. Togʻ qoyalarida, tuproqli va toshli jarliklarda yashaydi. Uyasini qoyalarga, tosh uyumlari orasiga va boshqa joylarga quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Qishda togʻdan vodiyga koʻchadi. Hasharotlar, oʻsimlik urugʻlari va mevalari bilan oziqlanadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz