Sariq Uyg`ur Tili




Sariq uygʻur tili - sharqiy turkiy tillardan biri; asosan, XXRning Gansu viloyatidagi Minxua mintaqasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni taxminan 4—5 ming kishidan iborat. Aniq dialektal boʻlinishga ega emas; togʻlik va dashtlik aholi shevalarida fonetika va leksika sohalarida ayrim tafovutlar kuzatiladi.

Sariq uygʻur tilit. leksikasi turkiy va noturkiy (sanskrit, tibet, moʻgʻul, xitoy) tillarga xos unsurlar qorishmasidan iborat, lekin grammatik qurilishi asl turkiyligicha saqlanib qolgan. Sariq uygʻur tilit. ning oʻtmishda qad. uygʻur tiliga yaqin boʻlganligi haqida taxminlar bor. Sariq uygʻurlar 18-asr oxirlarigacha qad. uygʻur adabiy tilidan foydalanib kelgan va keyinchalik tibet tilining taʼsirida qad. uygʻur yozuvi unutilgan boʻlsa kerak. Sariq uygʻur tilit. oddiy soʻzlashuv tili boʻlib qolmoqda.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz