Sariq tana kistasi
Sariq tana kistasi tuxumdon kistasining bir turi boʻlib, hayz koʻrish vaqtida yorilishi tuxum follikulasining yoriliahidan hosil boʻlib, yoʻqolib ketishi uch oygacha davom etadi. 50 yoshdan oshgan ayollarda sariq tananing kistasi kamdan-kam uchraydi, chunki menopauzadan keyingi davrda tuxum hujayra chiqarilmaydi va sarqi tana hosil boʻlmaydi. Sariqlik tanasi kistalari tarkibida qon va boshqa suyuqliklar boʻlishi mumkin. Sariq tana kistasining shakli tuxumdon yuzasida aniq massadagi qoʻshimcha oʻsimta sifatida emas, balki tuxumdonning oʻzi kattalashishi bilan namoyon boʻlishi mumkin.
Belgilari
Sariq tana kistalari hayz davrining normal qismi hisoblanadi. Biroq, ular diametri deyarli 10 sm (4 dyuym) gacha oʻsishi va oʻz-oʻzidan qon ketishi yoki tuxumdon buralib, chanoq yoki qorin ogʻrigʻiga sabab boʻlishi mumkin. Kista yorilishi, ichki qon ketishi va ogʻriq paydo boʻlishi mumkin. Bu ogʻriq odatda yorilishdan keyin bir necha kun ichida yoʻqoladi. Agar sariq tana kattalashib ketsa, bu tuxumdonning buralib ketishiga olib keladi va bu yerda tuxumdon buralishi natijasida qon oqimi kamayib toʻxtaydi. Tuxumdonning buralishi kamdan-kam hollarda uchraydi va kuchli ogʻriq bilan birga keladi.
Patofiziologiya
Ushbu turdagi funksional kista tuxum follikuladan chiqarilgandan keyin yaʼni ovulyatsiyadan keyin paydo boʻladi. Keyin follikula sariq tanacha deb ataladigan sekretor bezga aylanadi. Yorilgan follikula bachadonni homilaga tayyyorlash uchun koʻp miqdorda estrogen va progesteron ishlab chiqarishni boshlaydi. Agar homiladorlik sodir boʻlmasa, sariq tana odatda parchalanadi va yoʻqoladi. Biroq, baʼzan u suyuqlik yoki qon bilan toʻlib, sariq tananing kistaga aylanishiga va tuxumdonda qolishiga olib kelishi mumkin. Odatda, bu kista faqat bir tomonda boʻlib, hech qanday alomat keltirmaydi .
Reproduktiv yoshdagi ayollarda diametri 5sm dan kam boʻlgan kistalar keng tarqalgan, klinik jihatdan ahamiyatsiz va deyarli har doim saraton yoki boshqa kasallik holati emas, balki fiziologik holat hisoblanadi. Postmenopozal ayollarda 1sm gacha borishi mumkin. Tuxumdon saratoni kista boʻlishi mumkin boʻlsa-da, u yaxshi sifatli sarqi tana kistalaridan kelib chiqmaydi .Tibbiy ixtisoslashgan professional tashkilotlar klinik jihatdan ahamiyatsiz deb hisoblangan kistalar uchun kuzatuv tasvirini olishni tavsiya etmaydi.
Sariqlik tanasining yorilishi qorin ogʻrigʻi bilan gemoperitoneumga olib kelishi mumkin va bu reproduktiv yoshdagi ayollarda keng tarqalgan holat. Differensial diagnostika ektopik homiladorlik bilan oʻtkazishi mumkin.
Dori vositalari bilan bogʻliqligi
Ovulyatsiyani qoʻzgʻatish uchun ishlatiladigan klomifen sitrat (Clomid, Serofen) ovulyatsiyadan keyin sariq tananing kistasi paydo boʻlish ehtimolini ham oshiradi. Ushbu kistalar homiladorlikning oldini olmaydi yoki unga tahdid solmaydi . Kontraseptiv tabletkalarni qabul qiluvchi ayollarda odatda bu kistalar hosil boʻlmaydi; aslida, bu kistalarning oldini olish kontraseptiv tabletkalarning taʼsir qilish usullaridan biridir. Aksincha, faqat progesteron saqlovchi tabletkalar bu kistalarning koʻpayishiga olib kelishi mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org