Sariq ilon




Sariq ilon (Ophisaurus apodus) — urchuqsimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar turi. Tanasi ilonsimon, oyoqsiz, orqa oyoq rudimenti saqlangan. Uz. 1,2 m (oilada eng yirik tur). Tangachalari ostida suyaklashgan plastinkasi bor. Janubiy Yevropa va Osiyoda, jumladan, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Rangi qoʻngʻir, sargʻish yoki qizgʻish, yaltiroq. Asosan, quruq joylar, koʻpincha jarliklar, oʻrmonlar va bogʻlarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Umurtqasiz hayvonlar (asosan, hasharotlar, mollyuskalar), baʼzan mayda umurtqali hayvonlar (kemiruvchilar) 6n oziklanib, qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi. Iyun — iyul oylarida 8—10 ta tuxum qoʻyadi va tuxumlarini qoʻriqlaydi. Beozor hayvon, tutqunlikda yaxshi yashaydi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz