Sariq choy




Sariq choy (Agrimonia asiatica Tuz.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi 50—130 sm; sershox. Barglari patsimon, murakkab, tuxumsimon yaproqchadan (7—9 ta) tuzilgan. Gullari toʻq sariq, mayda, 2 jinsli, uzun bandli; toʻpguli boshoqsimon. Gultoji gulkosachasi 5 tadan. Mevasi ilmoqli, tuklar bilan qoplangan. Oʻzbekistonning deyarli hamma sugʻoriladigan yerlarida, ekinlar orasida, yoʻl yoqalarida, bogʻlarda va togʻli hududlardagi oʻrmonlarda keng tarqalgan. Xalq tabobatida meʼda kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz