Sariog`och
Sariagʻash — (qoz. Сарыағаш) Janubiy Qozog'iston viloyati hududida joylashgan shahar, Sariagʻash tumanining markazi. Viloyat markazi sanalmish Chimkent shahridan janubga tomon 110 km uzoqlikda joylashgan. Toshkent shahridan 15 km uzoqlikda. Aholisi 40,599 kishi (2012).
Tarixi
Poydevori 1870-yillari qurilgan. 1904 — 1905-yillarda Sariagʻash deb nomlandi. 1926-yildan Sirdaryo guberniyasining, Tashqozoq uezining, 1928—1939-yillari Keles tumanining, 1939-yildan buyon Sariagʻash tumanining markazi, 1968-yilda shahar mavqeini oldi.
Sanoati
Sariagʻashda shifobaxsh mineral suv chiqaruvchi „Aleks“ MChB, „Asem-ay“ MChB, „Kurort — Bars −2030“ MChB faoliyat yuritadi.
Ijtimoiy soha
Shaharda umumiy bilim beruvchi, musiqa, sport, kasbiy-texnik maktablari, Qabilanbek veterinariya kolledji, kutubxonalar, madaniyat uyi, klub, kinoteatr, tuman kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, shifoxona, dispanserlar, feldsher-akusherlik punkt bor. Shahar orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻllari, Chimkent — Shardara avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org