Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich




Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-yil 10-sentyabr Andijon viloyati Shahrixonda tugʻilgan — 1995-yil 17-dekabr Toshkentda vafot etgan) — matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). Fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942).

Yoshligi va taʼlimi



Sarimsoqov 1915-yilda Shahrixonda o‘zbek oilasida tug‘ilgan, 1931-yilda Qo‘qon shahridagi rus o‘rta maktabini tamomlagan; so‘ng O‘rta Osiyo Davlat universitetiga o‘qishga kirdi. U yerda u Vsevolod Romanovskiyning birinchi shogirdlaridan biri edi. 1936-yilda universitetning fizika-matematika fakultetini tamomlagach, universitetda qolib, u yerda aspiranturada tahsil oldi. Shu bilan birga assistent va dotsent lavozimlarida ham ishlagan. Qizil Armiya safida qisqa muddatli xizmatni o‘tab, 1942-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun universitetga qaytib keldi. Oʻsha yili u fan doktori ilmiy darajasini oldi.

1944-yilda Kommunistik partiyaga aʼzo bo‘lib, SSSR Oliy Kengashining uchinchi chaqiriq deputati bo‘lib ishlagan.

Faoliyati



1943-yilda u oʻz universitetining rektori boʻldi va bu lavozimda 1944-yil iyungacha ishladi. 1943-yilda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashkil etilganda uning vitse-prezidenti bo‘ldi. 1947-yilda u uning prezidenti boʻldi va 1952-yilgacha bu lavozimni egalladi. Keyin yana O‘rta Osiyo davlat universiteti rektori lavozimiga qaytdi va 1958-yilgacha shu yerda ishladi. 1959—1971-yillarda O‘zbekiston SSR oliy taʼlim vaziri bo‘lib ishlagan, 1960-yilda Toshkent Davlat universitetiga rektori lavozimiga qaytgan. 1983-yilda yana O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasiga ishga qaytdi, 1988-yilda esa O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Prezidiumining maslahatchisi bo‘ldi. Uning asosiy oʻrganish yoʻnalishlari ehtimollik, statistika va funksional tahlil edi. Faoliyati davomida u 170 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan. Uning bir jinsli boʻlmagan Markov zanjirlari nazariyasi boʻyicha ishi zamonaviy akademik maqolalarda keltirilgan. Mehnatlari uchun 1990-yil 3-aprelda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi boʻlib ishlagan. 1995-yil 18-dekabrda Toshkentda vafot etgan.

Mukofotlari



Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1990-yil 3-aprel)

Toʻrtta Lenin ordeni (1946-yil 23-yanvar, 1950-yil 16-yanvar, 1961-yil 15-sentyabr, 1990-yil 3-aprel)

Uchta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944-yil 4-noyabr, 1957-yil 11-yanvar, 1971-yil 9-sentyabr)

"Shon-sharaf belgisi" ordeni (1965-yil 1-mart)

Oktyabr inqilobi ordeni (1975-yil 3-oktyabr)

"Mehnatdagi jasorat uchun" medali (1951-yil 6-noyabr)

"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2002)

Stalin mukofoti (1948)

Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1967)

Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960).

Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz